locale OZ

Shpagachimiz Bogotadagi Gran-pridan bronza medali bilan qaytdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Qilichbozlik bo‘yicha Gran-pri turnirining navbatdagi bosqichi Kolumbiyaning Bogota shahrida bo‘lib o‘tdi. Musobaqada dunyoning yetakchi sportchilari ishtirok etdi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Vadim Anoxin ushbu nufuzli turnirda munosib ishtirok etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Anoxin saralash va pley-off bosqichlarida Isroil, Gonkong, Italiya hamda Chexiya sportchilarini mag‘lub etdi. Ammo yarim finalda qozoqistonlik Ruslan Qurbanovga qarshi dramatik bahsda 14:15 hisobida mag‘lub bo‘ldi va natijada uchinchi o‘rinni egalladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting