locale OZ

Shosse yo'nalishida ishtirok etadigan O'zbekiston velosport terma jamoasi Turkiyaning Alaniya shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini davom ettirmoqda

Hozirda terma jamoaning asosiy maqsadi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga asosiy tarkibni saralab olish va shakillantirish hisoblanadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shosse yo'nalishida ishtirok etadigan O'zbekiston velosport terma jamoasi Turkiyaning Alaniya shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini davom ettirmoqda
photo: velosport Uzbekistan

Shosse yo'nalishida ishtirok etadigan 🇺🇿O'zbekiston velosport terma jamoasi Turkiyaning Alaniya shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini davom ettirmoqda.

Federatsiya kalendar rejasiga asosan yanvar-fevral oylarida milliy terma jamoamiz a'zolari yil davomida bo'lib o'tadigan yirik xalqaro turnirlarga xususan, "Nagoya-2026" Osiyo o'yinlari, "Dakar-2026" yozgi yoshlar olimpiya o'yinlari hamda Saudiya Arabistoni mezbonligida o'tadigan Osiyo chempionatiga puxta tayyorgarlik ko'rib boradi.

O'quv-mashg'ulot yig'inida Vladimir Starchik ustozlik hamda Gleb Gorbachov ustozlik qilayotgan erkaklar terma jamoasi, shu bilan birga, Olga Zabelinskaya hamda Ruslan Useynov boshchiligidagi ayollar terma jamoasi tayyorgarlikni davom ettiryapti.

Hozirda terma jamoaning asosiy maqsadi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga asosiy tarkibni saralab olish va shakillantirish hisoblanadi. Eslatib o'tamiz, o'quv-yig'in mashg'uloti 23-yanvarga qadar davom etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting