locale OZ

Shon O'Melli Oq uyda Petr Yan bilan jang qilmoqchi

Jangchilar oʻrtasidagi dastlabki toʻqnashuvda «Sugar» gʻalaba qozongan edi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shon O'Melli Oq uyda Petr Yan bilan jang qilmoqchi
FOTO: Getty Images

UFCning sobiq yengil vazn toifasidagi (–61 kg) chempioni, amerikalik Shon O’Malli amaldagi chempion Petr Yan bilan jang o‘tkazish istagini bildirdi. U hatto bu uchrashuvni Oq uyda o‘tkazishni xohlayotganini aytdi.

«Men oktagonga chiqaman, Song bilan jangni yakunlayman, shundan keyin meni va Petrni Oq uyda bo‘ladigan jang kutadi. UFCning engil vazn toifasida bundan ham muhimroq bahs bo‘lishi mumkinligini tasavvur qila olmayapman», — dedi O’Malli o‘z podkastida.

Eslatib o‘tamiz, Petr va Shon o‘rtasidagi birinchi jang 2022 yil 22 oktabr kuni BAAning Abu Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan UFC 280 turnirida tashkil etilgan edi. Uchrashuv uch raund davom etib, hakamlar qarori bilan «Sugar» foydasiga yakunlangan.

Petr Yanning yoshi 32 da. U 2014 yilda professional MMA jangchisi sifatida debyut qilgan, 2018 yildan beri UFCda ishtirok etib keladi. Rossiyalik sportchining promoushendagi umumiy natijasi — 12 g‘alaba va 4 mag‘lubiyat.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting