Shon O’Melli: «Hozir ruslar UFCda ustunlik qilmoqda»
Sobiq chempion promoushenda rus jangchilarining roliga izoh berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: Getty Images
Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni, 31 yoshli amerikalik Shon O’Melli hozirgi paytda UFCda rus jangchilarining roliga izoh berdi.
«Hozir ruslar UFCda ustunlik qilmoqda. Ular juda qattiqqo‘l va intizomli. Sizga yoqadimi, yo‘qmi — bu haqiqat», — deya O’Mellining so‘zlarini Red Corner MMA.
So‘nggi UFC 322 turnirida (Nyu-York, AQSh) rossiyalik jangchi Islam Maxachev avstraliyalik Jek Della Maddalenani hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etdi va shu tariqa yarim o‘rta vazn chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, turnirda Baysangur Susurkaev ham oktagonga koʻtarildi. Uning raqibi amerikalik Erik Makkoniko bo‘ldi. Baysangur uchinchi raundda nokaut orqali g‘alaba qozondi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist