locale OZ

Shokhiddin Aliyev: Tojikistonlik sportchini yaxshi taniyman va uning kurash uslubidan xabardor edim

Osiyo chempionatining ikki karra bronza medali sovrindori va Osiyo o‘yinlari medalchisi Osiyo chempionati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shokhiddin Aliyev: Tojikistonlik sportchini yaxshi taniyman va uning kurash uslubidan xabardor edim
photo: Kurash Uzbekistan

Osiyo chempionatining ikki karra bronza medali sovrindori va Osiyo o‘yinlari medalchisi Shokhiddin Aliyev Vetnamda bo‘lib o‘tgan U-17 yoshgacha bo‘lgan Osiyo chempionati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Shokhiddin Aliyev:

“To‘g‘risini aytsam, musobaqalarning birinchi davra uchrashuvlari men uchun doimo murakkab kechadi. Ayniqsa, raqib hindistonlik sportchi bo‘lsa, bahs yanada qiyinlashadi.

Musobaqa davomida eng og‘ir uchrashuvlarimdan biri koreyalik sportchiga qarshi bo‘ldi. U menga jiddiy qarshilik ko‘rsatdi, biroq Alhamdulillah, bor kuchimni ishga solib, g‘alabaga erishdim.

Tojikistonlik sportchini yaxshi taniyman va uning kurash uslubidan xabardor edim. Bronza medali uchun kechgan bellashuvda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldim.

Endi oldimda yanada mas’uliyatli vazifa turibdi — Jahon chempionatiga puxta va sifatli tayyorgarlik ko‘rish.”

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting