locale OZ

Shohrukhbek Tursunmaxammatov AQSh chempioni unvonini ikkinchi bor qo'lga kiritdi

O'zbekistonlik yosh karatechi Texasdagi musobaqada ikkita oltin medalga sazovor bo'ldi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

Yaqinda AQShning Texas shtatida bo'lib o'tgan ochiq chempionatda yurtdoshimiz Shohrukhbek Tursunmaxammatov yana bir bor yuqori natija qayd etdi. 9–14 iyul kunlari o'tkazilgan musobaqada u 75 kg vazn toifasidagi yakka kurashlar (kumite)da barcha raqiblarini mag'lub etib, oltin medalni qo'lga kiritdi.

Shuningdek, Shohrukhbek jamoaviy kumite bahslarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi va yana chempionlik shohsupasiga ko'tarildi.

Bu yutuqlar uning xalqaro arenalarda orttirgan tajribasi va yillar davomidagi mehnati samarasini tasdiqlaydi. Shohrukhbek Tursunmaxammatov shu tariqa AQSh chempionatida ikki karra g'olib bo'ldi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting