Shohida Ahmedova Turkiyadagi nufuzli turnirda oltin medalga sazovor bo‘ldi
O‘zbekistonlik kurashchi “Yashar Dogu–2025” musobaqasida barcha raqibalarini mag‘lub etdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz
26–29 iyun kunlari Turkiyaning Kojaeli shahrida sport kurashlari bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi “Yashar Dogu” xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda. Unda yurtimiz nomidan ishtirok etgan Shohida Ahmedova 53 kg vazn toifasida barcha raqibalarini mag‘lub etib, musobaqa g‘olibasiga aylandi.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli sportchimiz joriy yil Osiyo chempionatida sakkizinchi o‘rinni egallagan edi.
Bakradze Iman
Redaktor