Shohasan yana turnirdan chiqdi. Octagon 75 markaziy jangida Azamat Nuftillaev ringga chiqadi
6 iyul kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Octagon 75 turnirining markaziy jangida o‘zgarish yuz berdi. Ilgari rejalashtirilgan Shohasan Mirzamatov – Georgiy Kichigin jangi yana bekor qilindi. Sabablari hozircha oshkor etilmadi.
Eslatib o‘tamiz, bu Shohasan va Kichigin o‘rtasida bekor qilingan uchinchi jangdir. Ushbu vaziyatdan so‘ng Octagon League turnirning asosiy jangini qayta shakllantirdi.
Yangi markaziy jang:
O‘zbekistonlik tajribali sportchi Azamat “Drakon” Nuftillaev rossiyalik Daniyal “T-34” Elbaevga qarshi oktagonga chiqadi.
• Nuftillaev professional faoliyatida 18 ta jang o‘tkazib, 16 ta g‘alaba, 1 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan.
• Elbaev esa 17 ta jangda 12 ta g‘alaba va 5 ta mag‘lubiyat bilan natija qayd etgan.
Octagon 75 kutilayotgan jangovar to‘qnashuvlarga boy turnir bo‘lishi kutilmoqda. Azamat uchun bu o‘zini markaziy jangda namoyon qilish uchun katta imkoniyat!
