locale OZ

Shohasan Mirzamatov chempionlik jangi haqida xabar berdi

Boshqa sport turlari
Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Rasm: gettyimages.com

Yarim o‘rta vazn toifasida O‘zbekistonning yetakchi MMA jangchilaridan biri Shohasan Mirzamatov Instagram’dagi sahifasida muxlislarini quvontiruvchi muhim yangilik bilan bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, Mirzamatov 11 may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Octagon 72 turnirida qirg‘izistonlik Abilkassim Yakubovga qarshi jang o‘tkazib, raqibini muddatidan oldin mag‘lub etgandi. U ushbu g‘alabadan so‘ng o‘zini qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga minnatdorlik bildirib, chempionlik jangida ishtirok etishini ma’lum qildi.

“6 iyul kuni O‘zbekistonda chempionlik kamari uchun jang qilaman. Barcha qo‘llab-quvvatlab turganlarga katta rahmat”, — deb yozdi Mirzamatov.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 6 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Octagon turniri Samarqand shahrida tashkil etilishi kutilmoqda. Yarim o‘rta vazn toifasida Octagon League chempionlik kamari hozirda qozog‘istonlik Georgiy Kichiginga tegishli. Shohasan aynan shu kamar uchun oktagonga ko‘tariladi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting