locale OZ

Shirinda yangi universal sport zali foydalanishga topshirildi

Universal sport zali qurilishi uchun jami 2 milliard 500 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shirinda yangi universal sport zali foydalanishga topshirildi
Фото: Sport vazirligi

Shirin shahrida sport infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lidagi yana bir muhim loyiha muvaffaqiyatli yakunlanib, zamonaviy universal sport zali foydalanishga topshirildi. Mazkur inshoot 2025-yilgi “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2-mavsumi doirasida g‘olib bo‘lgan sport maktabi uchun barpo etildi.

Universal sport zali qurilishi uchun jami 2 milliard 500 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan bo‘lib, sportchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida Shirin shahar hokimligi tomonidan qo‘shimcha ravishda 500 million so‘m mablag‘ ajratildi. Natijada zamonaviy talablarga javob beradigan, barcha zarur sharoitlarga ega sport majmuasi bunyod etildi.

Yangi sport inshooti 18x36 metr o‘lchamdagi keng sport zalidan iborat bo‘lib, unda sportchilarning mashg‘ulotlari uchun qulay va xavfsiz muhit yaratilgan. Shuningdek, majmuada yuvinish va kiyinish xonalari, tibbiyot xodimlari hamda murabbiylar uchun alohida xonalar tashkil etildi. Bu esa mashg‘ulotlar jarayonini samarali va tizimli tashkil etish imkonini beradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting