Shaxrillo Maxmudov Samarqand viloyatidagi sport markazlarida o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda
Bugun vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston Og‘ir Atletika Federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov Toyloq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bo‘lib, sportchi-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, mashg‘ulot jarayoni va jihozlardan foydalanish holatini batafsil o‘rgandi.
Markaz faoliyati doirasida sportchilarning taomnomasini belgilangan yo‘riqnoma asosida tashkil etish, kutubxona faoliyati va yotoqxonadagi sharoitlar ham atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, Shaxrillo Sharipovich sportchi-yoshlar va murabbiylar bilan muloqot qilib, ularning taklif va fikrlarini tingladi. O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq va zarur ko‘rsatmalar berildi.
Markazdagi ushbu tashrif sportchi-yoshlar uchun qulay va samarali sharoitlarni yanada yaxshilashga qaratilgan tizimli ishlarning muhim qismi sifatida ahamiyatlidir.