Shaxrillo Maxmudov O‘zbekiston chempionati oldidan tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi
Qashqadaryo viloyatida sportni yanada rivojlantirish maqsadida respublika ishchi guruhi tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar hamda yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha o‘rganilmoqda.
Xususan, Sport vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov Qarshi shahridagi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bo‘lib, muassasaning og‘ir atletika zalida sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida Shaxrillo Sharipovich yosh og‘ir atletikachilar bilan samimiy muloqot o‘tkazib, ularning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish muhimligini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, joriy yilning 22–30-aprel kunlari Qarshi shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston chempionatiga tayyorgarlik jarayonlari ham ko‘zdan kechirildi. Shaxrillo Maxmudov musobaqani yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berdi.