Shaxmatchilarimiz U-16 Butunjahon Olimpiadasini uchta gʻalaba bilan boshlashdi
Kolumbiyaning Barrankilya shahrida oʻsmirlar (U-16) oʻrtasidagi Butunjahon shaxmat Olimpiadasi start oldi. Nufuzli musobaqada 45 davlatdan 90 ta jamoa ishtirok etmoqda.
Oʻrtacha reyting boʻyicha 2-oʻrinda qayd etilgan Oʻzbekiston terma jamoasi turnirni yorqin tarzda boshlab, ketma-ket uchta gʻalaba qayd etdi.
Jamoa tarkibi:
• Xalqaro sport ustasi Humoyun Begmuratov (2435)
• Xalqaro sport ustasi Muhammadzohid Suyarov (2356)
• FIDE sport ustasi Asrorjon Omonov
• Ayollar xalqaro sport ustasi, yoshlar oʻrtasida ikki karra jahon chempioni Afruza Hamdamova
Jamoaga xalqaro grossmeyster Saydali Yuldashev bosh murabbiylik qilmoqda.
Birinchi uchrashuvlar natijalari:
• 1-tur: Oʻzbekiston — Kolumbiya 10 — 4:0
• 2-tur: Oʻzbekiston — Ekvador 1 — 3:1
• 3-tur: Oʻzbekiston — Peru 1 — 4:0
Bugun, 19 avgust kuni 4-turda shaxmatchilarimiz hamon magʻlubiyatsiz ketayotgan Qozogʻiston-2 jamoasiga qarshi oʻynaydi. Shu bilan birga FIDE 1, FIDE 2, Xitoy, Qozogʻiston-2, Kolumbiya-1 va Kuba-1 jamoalari ham hozircha 3 gʻalabadan jamgʻarishgan.