Shaxmatchilarimiz FIDE Jahon kubogida ikkinchi bosqichni boshlab yuborishdi
Gruziyaning Batumi shahrida ayollar o‘rtasidagi FIDE Jahon kubogi davom etmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasining uch nafar yetakchi shaxmatchisi – Gulruhbegim Tohirjonova, Afruza Hamdamova va Umida Omonova ishtirok etmoqda.
Qizlarimiz musobaqaning birinchi bosqichida raqibalarini mag‘lub etib, ikkinchi bosqichga yo‘l olishgandi. Bu bosqichda esa ularni ancha tajribali va nomdor raqibalar kutmoqda edi.
• Gulruhbegim Tohirjonova xitoylik xalqaro sport ustasi Lu Miaoyiga mag‘lub bo‘ldi.
• Afruza Hamdamova esa rapid bo‘yicha ikki karra jahon chempioni, hindistonlik grossmeyster Hampi Koneru bilan bellashuvda imkoniyatni boy berdi.
• Umida Omonova esa Yevropa chempioni, polyak Alina Kalinskayaga qarshi bahsda durang natija qayd etdi.
Javob partiyalari bugun soat 16:00 (Toshkent vaqti)da start oladi. Shaxmatchilarimizga omad tilaymiz!