locale OZ

Shaxmatchilar reytingi yangilandi, beshta o‘zbekistonlik shaxmatchi kuchli yuztalikka kirdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shaxmatchilar reytingi yangilandi, beshta o‘zbekistonlik shaxmatchi kuchli yuztalikka kirdi
Rasm: podrobno.uz Nodirbek Abdusattorov

2025-yil 1-aprel kuni Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) jahon shaxmatchilarining yangi reytingini e’lon qildi. Yangilangan reytingda O‘zbekistonlik besh nafar grossmeyster dunyoning eng kuchli yuz nafar shaxmatchisi safiga qo‘shildi.

O‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov (2773) 6-o‘rinni egalladi. Reyting peshqadami norvegiyalik Magnus Karlsen (2837) o‘z o‘rnini saqlab qoldi. Shuningdek, besh nafar sportchimiz dunyoning eng kuchli 100 shaxmatchisi ro‘yxatiga kiritildi.
FIDEning 1-aprel holatiga ko‘ra o‘zbekistonlik shaxmatchilar uchun yangilangan reytingi:

6. Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston, 2773)
30. Javohir Sindarov (O‘zbekiston, 2706)
46. Rustam Qosimjonov (O‘zbekiston, 2678)
61. Nodirbek Yoqubboyev (O‘zbekiston, 2665)
81. Shamsiddin Vohidov (O‘zbekiston, 2648).

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting