Shaxmatchi qizlarimiz Jahon kubogini g‘alaba bilan boshlashdi
Tohirjonova va Hamdamova ikkinchi bosqichga chiqdi, Omonova taqdirini tay-brekda hal etadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz
Gruziyaning Batumi shahrida ayollar o‘rtasidagi FIDE Jahon kubogi bellashuvlari start oldi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining yetakchi shaxmatchilari — Gulruhbegim Tohirjonova, Afruza Hamdamova va Umida Omonova ham ishtirok etmoqda.
Ikki nafar hamyurtimiz dastlabki bosqichdagi har ikki uchrashuvda g‘alaba qozonib, ikkinchi bosqichga yo‘l oldi. Tohirjonova kubalik grossmeyster Erisbel Miranda Lalensni, Hamdamova esa Peru vakili Fiorella Kontreras Huamanni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Umida Omonova frantsuz shaxmatchisi Sofi Millietga qarshi ikki partiyada ham durang o‘ynadi. Har ikkisi bittadan g‘alabaga erishdi. Endilikda ular bugungi tay-brekda keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun bahs olib borishadi.
Bakradze Iman
Redaktor