locale OZ

Shaxmatchi qizlarimiz Jahon kubogida ishtirok etadi

Umumiy mukofot jamg‘armasi 676 250 dollarni tashkil etuvchi musobaqada 3 nafar shaxmatchi himoya qiladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

6–29 iyul kunlari Gruziyaning Batumi shahrida ayollar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 47 mamlakatidan 107 nafar kuchli shaxmatchi ishtirok etadi. O‘zbekiston terma jamoasidan uch nafar shaxmatchi ushbu kubokda ishtirok etib, sovrinli o‘rinlar va FIDE Nomzodlar turniriga yo‘llanma uchun kurash olib boradi.

Jahon kubogining umumiy mukofot jamg‘armasi 676 250 AQSH dollarini tashkil etadi. G‘olib shaxmatchi 50 000 dollar bilan taqdirlanadi, shuningdek, keyingi yirik musobaqalarda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan shaxmatchilar:
• IM Gulruhbegim Tohirjonova – FIDE prezidenti tomonidan berilgan wild card (imtiyozli yo‘llanma)
• WIM Afruza Hamdamova – FIDE 3.4 zona chempioni
• WIM Umida Omonova – 2025 yilgi O‘zbekiston chempioni

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting