locale OZ

Shaxmat. Yoshlarimiz Serbiyada 7ta medalni qo’lga kiritdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shaxmat. Yoshlarimiz Serbiyada 7ta medalni qo’lga kiritdi
PHOTO: Telegram

Serbiya davlatida “FIDE World School Chess Championships 2025” musobaqasi bo’lib o’tdi. Yoshlar o’rtasidagi ushbu Jahon chempionatida shaxmatchilarimiz ham ishtirok etib, yurtimiz shanini munosib himoya qila olishdi.

Sayyoramizning 43 davlatidan 470 nafar aql dona egalari qatnashgan ushbu nufuzli turnirda O’zbekiston shaxmatchilari 3ta oltin, 2ta kumush va 2ta bronza medallarini qo’lga kiritishdi. Vakillarimiz umumjamoa hisobida oltin medallarni jamg’arish bo’yicha 2-o’rinni egalladilar.

Oltin medal sohiblari:
Imomkuzieva Nilufarxon (U15) – 7 ochko
Begmuratova Sarvinoz (U13) – 7.5 ochko
Nematillaxonov Nurmuhammad (U9) – 7.5 ochko

Kumush medal sohiblari:
Obidov Biloliddin (U13) – 7 ochko
Azamxo‘jaeva Mohinur (U7) – 7 ochko

Bronza medal sohiblari:
Asadova Madinabonu (U9) – 7.5 ochko
Elmirzaev Xondamir (U17) – 6.5 ochko

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting