Shaxmat. “Yilning eng yaxshi shaxmat loyihasi” nominatsiyasida Uzchess g‘olib deb topildi
Bu faqat boshlanishi. Oldinda yanada ko‘proq turnirlar, kuchli kontent va shaxmatni yanada ommalashtirishga qaratilgan katta rejalarimiz bor.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Chess Uzbekistan
O'tkan yilda — ko'plab turnirlar, emotsiyaga boy efirlar,intervyular, tahlillar taqdim etdik. Mehnatimizni e'tirof etgani uchun — Oʻzbekiston Shaxmat federatsiyasiga alohida minnatdorlik bildiramiz.
Asosiysi, mukofotga sazovor bo'lishimizga eng katta hissa qo'shgan, jarayonda biz bilan birga bo‘lgan, qo‘llab-quvvatlagan, ishonch bildirgan barchangizga chin yurakdan rahmat! Har bir like, repost, izoh va iliq so‘z bizga yanada kuch bag‘ishladi.
Bu faqat boshlanishi. Oldinda yanada ko‘proq turnirlar, kuchli kontent va shaxmatni yanada ommalashtirishga qaratilgan katta rejalarimiz bor. Kelgusida ham biz bilan birga bo'lib, qo'llab-quvvatlashda davom etasiz degan umiddamiz!
Ibrohim Jalolov
Redaktor