Shaxmat. Uesley So Amerika Kubogi 2026 turniri g‘olibi bo‘ldi
GM Uesley So Sent-Luisda o‘tkazilgan Amerika Kubogi 2026 turnirida chempionlikni qo‘lga kiritdi. U finalda Levon Aronyanga qarshi o‘ynab, birinchi partiyadagi g‘alabadan so‘ng ikkinchi o‘yinda zarur bo‘lgan durangni qayd etdi va umumiy hisobda 1,5 : 0,5 bilan g‘alaba qozondi.
Turnir davomida u atigi bitta partiyani —GM Fabiano Karuanaga qarshi boy berdi.
Bu g‘alaba So uchun o‘ziga xos revansh ham bo‘ldi: 2024-yilda aynan Aronyan bu turnirda undan ustun kelgandi.
Chempion sifatida Uesley So 75 000 dollar mukofot hamda 15 000 dollar bonusni qo‘lga kiritdi.
So uchun bu 2026-yilgi ikkinchi turnir g‘alabasi bo‘ldi. U yil boshida 🇮🇳 Tata Steel Chess India Open Blitz musobaqasida ham birinchi o‘rinni egallagan edi.
Keyingi turniri — Grenke Chess Festival 2026 (Freestyle) bo‘lib, u 2–6 aprel kunlari Germaniyada o‘tkaziladi.
So g‘alabadan keyin kamtarlik bilan shunday dedi:
“Katta turnirlarni tez-tez yutavermayman, shuning uchun bu g‘alaba men uchun juda hayratlanarli bo'ldi.”