locale OZ

Shaxmat. Taylanddagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga start berildi

Mashg‘ulotlar 21–28-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shaxmat. Taylanddagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga start berildi
Фото: Chess Uzbekistan

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Tayland davlatida tashkil etilayotgan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshladi.

Mashg‘ulotlar 21–28-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi va unda ayollar terma jamoasining asosiy (birinchi) tarkibi ishtirok etmoqda.

O‘quv-yig‘inlarda qatnashayotgan shaxmatchilar:
• Khamdamova Afruza — WGM (2403)
• Tokhirjonova Gulrukhbegim — IM (2363)
• Omonova Umida — WIM (2334)
• Karimova Guldona — WIM (2323)
• Khalilova Madinabonu — WCM (2287)

Ushbu mashg‘ulotlar jamoaning jismoniy texnik va taktik tayyorgarligini yanada kuchaytirish, xalqaro tajribani oshirish hamda navbatdagi nufuzli musobaqalarga puxta hozirlik ko‘rish maqsadida tashkil etilgan.

O‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari tajribali mutaxassis — grossmeyster Ruslan Sherbakov boshchiligida olib borilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting