locale OZ

Shaxmat. Tata Steel Chess India Blitz 2026’da qiziq holat yuz berdi

38-yurishda Harika durang taklif qildi va bir qarashda Vantika bu taklifni qabul qildi. Biroq oradan soniyalar o‘tmay Harikaning vaqtida tugaganligi ma'lum bo'ldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shaxmat. Tata Steel Chess India Blitz 2026’da qiziq holat yuz berdi
photo: Chess Uzbekistan

Tata Steel Chess India Blitz 2026 turnirida Hindiston shaxmatining ikki vakilasi — D. Harika va Vantika Agraval o‘rtasidagi 3-raund bahsi juda qiziq voqea bilan yodda qoldi. Oq donalarda o‘ynagan Harika pozitsion jihatdan ustunroq edi, ammo soatida vaqt juda kam edi. U ruxlari bilan ketma-ket shoh berib turdi, lekin ustunlikni real g‘alabaga aylantiradigan davomni topa olmadi.

38-yurishda Harika durang taklif qildi va bir qarashda Vantika bu taklifni qabul qildi. Biroq oradan soniyalar o‘tmay Harikaning vaqtida tugaganligi ma'lum bo'ldi.

Shunda Vantika vaqt bo‘yicha g‘alabani da’vo qildi. Vaziyatni aniqlashtirish uchun hakamlar chaqirildi. Ular bir muddat holatni o‘rganib chiqishdi va yakunda hakam qarori — durang bo‘ldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting