locale OZ

Shaxmat. Tarixiy muvaffaqiyat: O‘zbekiston parashaxmat terma jamoasi Olimpiadada ilk bor bronza medallarini qo‘lga kiritdi

Hal qiluvchi 7-turda O‘zbekiston-1 jamoasi Isroil ustidan 2.5 : 1.5 hisobida yorqin g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tarixiy muvaffaqiyat: O‘zbekiston parashaxmat terma jamoasi Olimpiadada ilk bor bronza medallarini qo‘lga kiritdi
photo: Chess Uzbekistan

Tarixiy muvaffaqiyat: O‘zbekiston parashaxmat terma jamoasi Olimpiadada ilk bor bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan 3-shaxmat paralimpiadasida dunyoning 36 ta davlatidan 41 ta jamoa va 164 nafar yetakchi shaxmatchilar ishtirok etdi. Nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini 3 ta tarkib munosib himoya qildi.

Hal qiluvchi 7-turda O‘zbekiston-1 jamoasi Isroil ustidan 2.5 : 1.5 hisobida yorqin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, Polsha 1-o‘rin, Kuba 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, terma jamoamiz 11 ochko jamg‘arib, faxrli 3-o‘rin va bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Bu — o‘zbek parashaxmati tarixida Olimpiadada qo‘lga kiritilgan ilk bronza medalidir!

Barcha yurtdoshlarimizni va jamoamizni ushbu tarixiy natija bilan chin daldan tabriklaymiz!

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting