locale OZ

Shaxmat. Saidakbar Saydaliyev “Budapest Spring Festival 2026” turnirida 2-o‘rinni egalladi

27-fevral – 7-mart kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida nufuzli “Budapest Spring Festival 2026” xalqaro shaxmat turniri bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shaxmat. Saidakbar Saydaliyev “Budapest Spring Festival 2026” turnirida 2-o‘rinni egalladi
photo: Chess Uzbekistan

27-fevral – 7-mart kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida nufuzli “Budapest Spring Festival 2026” xalqaro shaxmat turniri bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 34 davlatdan 187 nafar shaxmatchi qatnashdi.

O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan Saidakbar Saydaliyev “A” guruhida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 7 ochko bilan 2-o‘rinni egalladi va 1700 AQSh dollari miqdoridagi mukofotga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, u o‘z reytingini +29,3 ga oshirdi.

Turnirda qatnashgan boshqa yurtdoshlarimiz natijalari:

“A” guruhi
• Xumoyun Begmuratov — 6 ochko, 11-o‘rin (+14,2 reyting)
• Abdimallik Abdisalimov — 5 ochko, 26-o‘rin
• Muhammadali Abdurahmonov — 5 ochko, 39-o‘rin
• Ortiq Nigmatov — 1 ochko, 102-o‘rin

“B” guruhi
• Behruz Umarov — 7 ochko bilan 4-o‘rin (+26,8 reyting)

Budapeshtdagi turnir o‘zbekistonlik shaxmatchilar uchun yana bir muvaffaqiyatli xalqaro musobaqalardan biri bo‘ldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting