locale OZ

Shaxmat. Richard Rapport: Nomzodlar turnirida hatto kimlar o‘ynayotganini ham eslolmayman. Men u yerda yo‘qman — shu aniq!

Richard Rapport 2022-yilda Madridda o‘tgan Nomzodlar turniri ishtirokchisi bo‘lgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shaxmat. Richard Rapport: Nomzodlar turnirida hatto kimlar o‘ynayotganini ham eslolmayman. Men u yerda yo‘qman — shu aniq!
photo: Chess Uzbekistan

Richard Rapport 2022-yilda Madridda o‘tgan Nomzodlar turniri ishtirokchisi bo‘lgan. Endi esa Kipr-2026 haqida hazil aralash fikr bildirdi.

“Ehtimol, ko‘p hurmatni yo‘qotar­man, lekin rostini aytsam, hozir Nomzodlar turnirida kimlar o‘ynayotganini aniq eslolmayman. Men u yerda yo‘qligimni bilaman — mana shu qismi aniq. Fabi va Hikaru bor, shundaymi?”

Rapportning aytishicha, 2022-yildagi tarkib juda kuchli bo‘lgan:

“Biz o‘ynagan paytda eng past reytingli ishtirokchi, nazarimda, Duda edi — va uning reytingi ham 2750 atrofida edi.”

Uning fikricha, aylana (round-robin) formatidagi turnirlarda ko‘pincha g‘alaba “eng qiyin raqiblar” ustidan emas, balki formasi pastroq ketayotgan o‘yinchilar ustidan olinadigan ochkolar orqali hal bo‘ladi.

Rapport bu dinamikani shunday tushuntiradi: kuchli ketayotgan raqiblarga qarshi ehtiyotkor o‘ynaysan, durang qilasan. Ammo kimnidir 2:0 yengib qo‘ysang, asosiy raqobatching esa u bilan ikki durang qilgan bo‘lsa — mana senga bir ochkolik farq. Shunda bosim uning zimmasiga tushadi.

“Shundan keyin u senga qarshi tavakkal qilishga majbur bo‘ladi. Sen esa puxta o‘ynaysan — va hatto yana yutishing ham mumkin”

Uningcha, hozirgi Nomzodlar turniri ma’lum ma’noda yanada “ochiqroq”:

“Pastroq formadagi o‘yinchilar ko‘pincha boshqalar ochko olishga urinadigan nishonga aylanadi. Lekin bu ularga ham imkon beradi — chunki raqiblar ko‘proq tavakkal qiladi. Masalan, Ding Liren. U past reytingli emasdi, lekin Nomzodlar turnirining birinchi yarmidan keyin matematik jihatdan g‘alaba uchun imkoniyati qolmagan yagona o‘yinchi edi. Oxir-oqibat esa Jahon chempioni bo‘ldi. Bu biroz kulguli.”

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting