Shaxmat. R. Pragnanandha — Grand Chess Tour Finals 2026 chempioni!
Shaxmat. R. Pragnanandha — Grand Chess Tour Finals 2026 chempioni!
AQShning Sent-Luis shahrida yakuniga yetgan nufuzli Grand Chess Tour 2026 finalida hindistonlik grossmeyster Ramesh Babu Pragnanandha aqlbovar qilmas kambek evaziga bosh sovrinni qo‘lga kiritdi!
Dastlabki klassik partiyalardan so‘ng Fabiano Karuanadan 6 ochko ortda qolayotgan 21 yoshli shaxmatchi rapid bosqichidagi har ikkala bahsda g‘alaba qozondi hamda 4 ta blits partiyasi yakuniga ko‘ra umumiy hisobni 15 : 13 ko‘rinishiga keltirib, chempionlikka erishdi.
Pragnanandha ushbu nufuzli musobaqada bosh sovrinni qo‘lga kiritgan tarixdagi ilk hindistonlik shaxmatchi sifatida 200 000 dollar miqdoridagi mukofot puliga ega bo‘ldi.
3-o‘rin uchun kechgan bahsda esa AQSh vakili Uesli So Vinsent Keymer ustidan 18 : 12 hisobida ustun kelib, 3-o'rinni naqd qildi.
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 19 kun qoldi