Shaxmat. Praga Chess Festival 2026: raqiblar turnirni qanday boshlashdi?
Pragadagi superturnirning bugungi 2-turida Nodirbek Abdusattorov Eronning 1-raqamli shaxmatchisi Parham Maghsudluga, Nodirbek Yakubboev esa amaldagi jahon chempioni Gukeshga qarshi dona suradi. Xo‘sh, bu raqiblar 1-turda qanday natija qayd etishdi?
Umuman olganda, birinchi turda oq donalarda o‘ynagan shaxmatchilarning deyarli barchasi g‘alabaga erishdi. Faqat amaldagi jahon chempioni Gukesh bundan mustasno — u Hans Nimannga qarshi butun partiya davomida himoyalanishiga to‘g‘ri keldi va yakunda durangga rozi bo‘ldi.
Ilk tur Parham uchun ham omadsiz boshlandi. U turnir mezboni Devid Navaraga qarshi o‘yinda 29...b5? xatosiga yo‘l qo‘ydi. 30.axb6 Rxb6 31.g5 dan keyin Navara tashabbusni qo‘lga oldi va qisqa fursatda ustun pozitsiyaga erishdi. 40.f3 yurishidan so‘ng esa Maghsudlu taslim bo‘ldi.
Xullas, bizning Nodirbeklar ishonchli start olgan bir vaqtda, ularning bugungi raqiblari uchun 1-tur oson kechgani yo‘q. Demak, bugungi turda bir raqib mag‘lubiyatdan keyin yo‘qotilgan ochkoni qoplashga harakat qiladi, ikkinchisi esa murakkab bahsdan so‘ng o‘z o‘yinini yanada mustahkamlash niyatida maydonga chiqadi.