locale OZ

Shaxmat. O‘zbekiston – Hindiston: 2.5 : 1.5 

Erkaklar terma jamoamiz amaldagi chempion Hindiston ustidan ilk tarixiy g‘alabaga erishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shaxmat. O‘zbekiston – Hindiston: 2.5 : 1.5 
photo: Chess Uzbekistan

Erkaklar terma jamoamiz amaldagi chempion Hindiston ustidan ilk tarixiy g‘alabaga erishdi. Bu Olimpiadaning eng muhim va taqdirni hal qiluvchi jangi bo‘lib, oltin medallar sari ulkan qadam tashlandi.

Ko’plab tahlillarda hal qiluvchi partiya 4-doska bo’ladi deyilgan o‘yinda Shamsiddin Vohidov amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi o‘ta qiyin bahsda durang o‘ynadi, qolgan ishtirokchilarimiz ham o‘z partiyalarini durang bilan yakunladi, Nodirbek Yakubboyev esa Nihal Sarinni mag‘lub etib, jamoamizga hal qiluvchi zafarni taqdim etdi!

6-turdagi boshqa jamoalarimiz natijalari:

Ispaniya — O‘zbekiston-2 (Erkaklar): 1.5 – 2.5
Shimoliy Makedoniya — O‘zbekiston-2 (Ayollar): 0.5 – 3.5
Gruziya — O‘zbekiston (Ayollar): 3.5 – 0.5
Avstraliya — O‘zbekiston-3 (Erkaklar): 2.5 – 1.5
Shvetsiya — O‘zbekiston-3 (Ayollar): 1.5 – 2.5

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting