locale OZ

Shaxmat. Oʻzbekiston delegatsiyasi Mayamiga yetib bordi

Musobaqada mamlakatimiz sharafini Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev va Shamsiddin Vohidov himoya qiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shaxmat. Oʻzbekiston delegatsiyasi Mayamiga yetib bordi
photo: Chess Uzbekistan

Joriy yilning 27–28-iyul kunlari AQSHning Mayami shahrida bo‘lib o‘tadigan WR Chess Rapid & Blitz jamoaviy uchrashuvida ishtirok etadigan Oʻzbekiston delegatsiyasi musobaqa o‘tkaziladigan manzilga yetib bordi.

Tashrif davomida Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri oʻrinbosari Murad Ismailov, Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi rahbariyati hamda shaxmatchilarimizdan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi WR Chess loyihasi asoschisi Vadim Rozenshteyn bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Musobaqada mamlakatimiz sharafini Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev va Shamsiddin Vohidov himoya qiladi. Jamoaning zaxira aʼzosi sifatida Muxiddin Madaminov qayd etilgan.

Ikki kun davom etadigan uchrashuvda Oʻzbekiston terma jamoasi AQSHning Hikaru Nakamura, Fabiano Caruana, Wesley So va Levon Aronian boshchiligidagi jamoasiga qarshi rapid hamda blits yoʻnalishlarida dona suradi.

Mazkur uchrashuv sentabr oyida Samarqand mezbonlik qiladigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi oldidan har ikki jamoa uchun muhim tayyorgarlik sinovi sifatida eʼtirof etilmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting