Shaxmat Olimpiadasi: O‘zbekiston Germaniyaga imkoniyatni boy berdi
Samarqandda davom etayotgan 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 8-turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Germaniyaga 1,5:2,5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Birinchi doskada Nodirbek Abdusattorov Vinsent Keymer bilan durang o‘ynadi. Javohir Sindarov Mattias Blyubaum ustidan g‘alaba qozondi. Biroq Nodirbek Yakubboyev Frederik Svane, Shamsiddin Vohidov esa Rasmus Svanega qarshi bahsda mag‘lubiyatga uchradi.
Shu tariqa, O‘zbekistonning turnirdagi ketma-ket yetti uchrashuvdan iborat g‘alabali seriyasi yakunlandi. Terma jamoamiz 8-turga qadar barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, 14 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turgan edi.
Ma’lumot uchun, 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi Samarqandda 15–27-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqa 11 turdan iborat bo‘lib, 27-sentabr kuni 11-tur bahslari va yopilish marosimi o‘tkaziladi.