Shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston Armaniston ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Samarqandda davom etayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 10-turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Armanistonni 3,5:0,5 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba orqali hamyurtlarimiz hal qiluvchi tur oldidan turnir jadvalidagi yetakchiligini yanada mustahkamladi.
Birinchi doskada Nodirbek Abdusattorov Haik Martirosyanni, ikkinchi doskada Javohir Sindorov Robert Hovhannisyanni, to‘rtinchi doskada esa Muhiddin Madaminov Gabriel Sargissianni mag‘lub etdi. Uchinchi doskada Nodirbek Yakubboev va Shant Sargsyan o‘rtasidagi partiya durang bilan yakunlandi.
Shu tariqa, O‘zbekiston yana bir bor asosiy raqiblaridan birini mag‘lub etdi. Terma jamoamiz 9-turda AQSh ustidan 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozonib, turnirning yakka peshqadamiga aylangan edi.
Ma’lumot uchun, Armaniston ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston 18 jamoaviy ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda. Olimpiadaning so‘nggi, 11-tur uchrashuvlari 27-sentabr kuni soat 11:00 da boshlanadi.