Shaxmat olimpiadasi gʻoliblariga 200 ming dollargacha mukofot puli beriladi
Shaxmat olimpiadasi gʻoliblariga 200 ming dollar mukofot puli beriladi. Bu boʻyicha Prezident qarori (PQ–346-son, 21.09.2026 y.) qabul qilindi.
Unga koʻra, nufuzli xalqaro musobaqalar gʻoliblariga beriladigan pul mukofotlari miqdori quyidagicha boʻladi:
Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasi (kattalar):
-oltin — 200 ming AQSh dollari (bungacha BHMning 2 ming baravari – 880 mln soʻm edi);
-kumush — 100 ming dollar (bungacha BHMning 1 ming baravari – 440 mln soʻm edi);
-bronza — 50 ming dollar (bungacha BHMning 500 baravari – 220 mln soʻm edi).
Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasi (yoshlar):
-oltin — 20 ming dollar;
-kumush — 10 ming dollar;
-bronza — 5 ming dollar.
FIDE tasnifiga koʻra jahon miqyosidagi musobaqalar:
-oltin – 15 ming dollar (bungacha BHMning 300 baravari – 132 mln soʻm edi);
-kumush – 7,5 ming dollar (bungacha BHMning 150 baravari – 66 mln soʻm edi);
-bronza – 3 ming 750 dollar (bungacha BHMning 75 baravari – 33 mln soʻm edi).
FIDE tasnifiga koʻra Osiyo miqyosidagi musobaqalar:
-oltin – 10 ming dollar (bungacha BHMning 70 baravari – 30 mln 800 ming soʻm edi);
-kumush – 5 ming dollar (bungacha BHMning 35 baravari – 15 mln 400 ming soʻm edi);
-bronza – 2,5 ming dollar (bungacha BHMning 17,5 baravari – 7 mln 700 ming soʻm edi).
Xalqaro grossmeyster unvonini olganlarga — 5 ming dollar (bungacha BHMning 100 baravari – 44 mln soʻm edi).