Shaxmat Olimpiadasi chempionlariga endi 200 ming dollardan mukofot beriladi!
O‘zbekistonda xalqaro shaxmat musobaqalari g‘oliblariga beriladigan davlat mukofotlari sezilarli darajada oshirildi. Yangi tartibga ko‘ra, kattalar o‘rtasidagi Butunjahon shaxmat olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan har bir sportchiga alohida 200 ming dollar beriladi. Kumush medal sohiblarining har biri 100 ming, bronza medal sohiblarining har biri esa 50 ming dollar oladi.
Mukofotlar boshqa shaxmat musobaqalari uchun ham belgilandi. Yoshlar Olimpiadasida oltin medal uchun 20 ming dollar, FIDE tasnifidagi jahon miqyosidagi musobaqalarda 15 ming, Osiyo miqyosidagi musobaqalarda esa 10 ming dollar beriladi. Shuningdek, xalqaro grossmeyster unvonini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik shaxmatchiga 5 ming dollar miqdorida bir martalik mukofot to‘lanadi.
Ayni paytda Samarqandda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi davom etmoqda. Musobaqa 27-sentabr kuni yakunlanadi. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi olti turdan so‘ng 12 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi.