locale OZ

Shaxmat. Nomzodlar turnirida Koneruning o‘rniga kim o'ynashi ma’lum bo‘ldi

Ayollar nomzodlar turniri oldidan vaziyat hanuz noaniq: Humpy Koneru yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shaxmat. Nomzodlar turnirida  Koneruning o‘rniga kim o'ynashi ma’lum bo‘ldi
photo: Chess Uzbekistan

Nomzodlar turnirida Koneruning o‘rniga kim o'ynashi ma’lum bo‘ldi.

Ayollar nomzodlar turniri oldidan vaziyat hanuz noaniq: Humpy Koneru yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

Ammo boshqa hind shaxmatchilari — Praggnanandhaa, Vaishali va Divya Deshmuh turnirda ishtirok etish uchun Kiprga yo‘l oladi.

Yakuniy qaror muddati — dushanba etib belgilandi.

Agar Koneru turnirdan voz kechsa, bu nafaqat sport nuqtai nazaridan, balki moliyaviy jihatdan ham yoqimsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. FIDE reglamentiga ko‘ra, asosli sababsiz ishtirok etish rad etilgan holatda 10 000 yevrogacha jarima qo‘llanishi mumkin. Jarima miqdori va uni qo‘llash zarurati bo‘yicha yakuniy qarorni FIDE Kengashi qabul qiladi.

Eng muhim jihat esa agar Koneru qatnashmasa, uning o‘rnini 🇺🇦Anna Muzychuk egallaydi.

U reglamentga muvofiq, hali saralanmagan o‘yinchilar orasida reyting bo‘yicha keyingi o‘rinda turgani sabab turnirga yo‘l oladi (hatto umumiy ro‘yxatda 9-o‘rinda bo‘lsa ham).

Nomzodlar turniri 2026 29-mart kuni start olishi rejalashtirilgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting