locale OZ

Shaxmat. Nomzodlar turniri juftliklari ma’lum bo’ldi

Eng ko‘p ball to‘plagan shaxmatchi jahon chempioni — Gukesh bilan match o‘ynash huquqini qo‘lga kiritadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shaxmat. Nomzodlar turniri juftliklari ma’lum bo’ldi
photo: Chess Uzbekistan

Nomzodlar turniri juftliklari ma’lum bo’ldi

Ishtirokchilar start raqamlarini quyidagicha oldi:
Javohir Sindarov, Matias Blyubaum, Praggnanandhaa R, Fabiano Karuana, Hikaru Nakamura, Anish Giri, Vey I, Andrey Yesipenko.

Turnir formati qanday?

Nomzodlar turniri 8 nafar shaxmatchi ishtirokida aylanma (round-robin) tizimida o‘tkaziladi. Ya’ni, har bir ishtirokchi boshqalar bilan ikki martadan — bir marta oq, bir marta qora donalarda — o‘ynaydi. Jami 14 tur bo‘ladi. Eng ko‘p ball to‘plagan shaxmatchi jahon chempioni — Gukesh bilan match o‘ynash huquqini qo‘lga kiritadi.

1-tur juftliklari:
• Sindarov — Yesipenko
• Blyubaum — Vey I
• Pragg — Giri
• Karuana — Nakamura

Ammo ma’lumki, Nomzodlar turnirida oxirgi tur hal qiluvchi bo‘ladi.

So‘nggi tur juftliklari esa quyidagicha:
• Yesipenko — Karuana
• Pragg — Nakamura
• Blyubaum — Giri
• Sindarov — Vey I

Turnir 29-mart kuni start oladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting