locale OZ

Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov: “Juda xursandman”

Blits bo'yicha jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan Nodirbek Abdusattorov finaldan keyingi intervyusida hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov: “Juda xursandman”
photo: Chess Uzbekistan

Blits bo'yicha jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan Nodirbek Abdusattorov finaldan keyingi intervyusida hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Natijamdan juda xursandman. Saralash bosqichida tay-breklar tomondan omad ham bo‘ldi. Eng asosiysi Top-4ga kirishning o‘zi juda katta omad. Finalga chiqqanimdan ham xursandman, oxirigacha bor kuchimni berdim. Rostini aytsam, g'olib bo'lishimga ozgina qoldi,” — dedi Nodirbek.

Pley-offga chiqish formatiga to‘xtalib, u shunday fikr bildirdi: “Agar 8 ta yo‘llanma bo‘lsa, albatta osonroq bo‘lardi. Top-4 tizimi ba’zan juda keskin va biroz ‘tasodifiy’ ham bo‘lib ketadi. Buni muxlislar o‘zi hal qilsa ham bo‘ladi.”

Finaldagi burilish nuqtalari haqida esa Nodirbek ochiq gapirdi: “O‘zimni yaxshi his qilayotgandim. Ikkinchi o‘yinda uning imkoniyatlarini past baholadim — pozitsiya durangga yaqin edi, lekin u juda aniq o‘ynadi. Oxirgi o‘yinda ham vaziyat keskin edi: tashabbus uchun piyoda qurbonlik qildim, ammo aniq davomni topa olmadim. Endshpil menga biroz qiyinroq edi va u oxirida o‘z imkoniyatidan foydalandi. Magnusni tabriklayman.”

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting