locale OZ

Shaxmat. Nepomnyashiy: “Yosh o‘zbek maestrosi bilan raqobat oson kechmadi”

Yan Nepomnyashiy turnirning 9-turida durang o‘ynagan yurtdoshimiz IM Muhammadzohid Suyarov haqida fikr bildirdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shaxmat. Nepomnyashiy: “Yosh o‘zbek maestrosi bilan raqobat oson kechmadi”
photo: Chess Uzbekistan

Aeroflot Open g‘olibi Yan Nepomnyashiy turnirning 9-turida durang o‘ynagan yurtdoshimiz IM Muhammadzohid Suyarov haqida fikr bildirdi.

“Suyarov oq donalarda juda ehtiyotkor o‘ynadi. Men, albatta, g‘alaba uchun o‘ynashni xohladim, lekin yutuq yo'lida vaziyatni yomonlashtirgim ham kelmadi.

Bir paytga kelib, mening pozitsiyam yaxshiroq bo‘lib qoldi, uning esa vaqti kam edi. Ammo men aniq o‘ynamadim. U bir nechta kuchli yurishlarni topdi va pozitsiyani tenglashtirdi. Bu yurishlarni topish oson emas edi, tan olish kerak”

Rossiyalik grossmeyster Suyarovning oldingi partiyalarini ham eslab o‘tdi:

“Agar rostini aytsam, bu partiyada u oldingi uchta partiyadan ham yaxshiroq o‘ynadi. Chunki bizning matchdan oldin u Dubov, Grishchuk va Ryazantsev ustidan ketma-ket uchta g‘alaba qozongan edi.

O‘sha partiyalarda u har safar deyarli yutqazayotgan holatda turgan, lekin raqiblari xato qilgan.

Albatta, shaxmatda doim xato qilish ehtimoli saqlanib turadi. Ammo bu safar ular yosh o‘zbek maэstrosiga qarshi o‘yinni to‘liq nazorat qila olishmadi”

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting