locale OZ

Shaxmat. Nega Magnus Tata Steelda ishtirok etmayapti?

Magnus Karlsen bu yil Veyk-an-Zeedagi klassik Tata Steel turnirida ishtirok etish imkoniyatini “jiddiy ko‘rib chiqqanini” aytdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shaxmat. Nega Magnus Tata Steelda ishtirok etmayapti?
photo: Chess Uzbekistan

Magnus Karlsen bu yil Veyk-an-Zeedagi klassik Tata Steel turnirida ishtirok etish imkoniyatini “jiddiy ko‘rib chiqqanini” aytdi.

Karlsen yil davomida odatda faqat bitta yoki ko‘pi bilan ikkita klassik turnirda qatnashadi. Uning uchun so‘nggi yillarda asosiy klassik musobaqa bo‘lib kelayotgan turnir — bu o‘z vatanidagi Norway Chess hisoblanadi. Bu yil Karlsenning Norway Chess turnirida ishtirok etishi allaqachon tasdiqlangan.

Shuningdek, TePe Sigeman turnirida qatnashishi e’lon qilingani ham biroz hayrat uyg‘otdi.
(Turnir Shvetsiyaning Malmyo shahrida 1–7 may kunlari bo‘lib o‘tadi (Norway Chess turniri boshlanishidan biroz oldin — u 24 mayda start oladi).O‘tgan yili ushbu musobaqada Javohir Sindarov g‘olib bo‘lgan edi. An’anaga ko‘ra, turnir g‘olibi keyingi yil ham taklif etiladi. Shu bois, Karlsen va Sindarov o‘rtasidagi navbatdagi qarama-qarshilikni yana ko‘rishimiz ehtimoldan xoli emas.)

Yil oxirida esa Shaxmat Olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Avvalgi Olimpiadada Karlsen Norvegiya terma jamoasida birinchi doskada o‘ynagan edi. Bu safar esa Norvegiya shaxmat federatsiyasi jamoaga kirmoqchi bo‘lgan har bir o‘yinchi 2025-yil iyunidan 2026-yil apreliga qadar kamida 18 ta klassik partiya o‘ynashini majburiy shart qilib qo‘ydi.

— Men bu yil Tata Steel turnirida o‘ynash imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqdim. Ba’zan o‘zingga qiyinchilik yaratish va aslida unchalik ham xohlamagan ishni qilish foydali, deb hisoblayman.Rostini aytsam, uch hafta davom etadigan klassik turnirga vaqt sarflashni unchalik xohlamayotgan bo'lsam ham,o‘zimni shunday sinovga majbur qilish ba’zan foydali bo‘ladi, — degan edi Karlsen Barselonada o‘tkazilgan ICE (International Casinos & Entertainment Expo) tadbiridagi matbuot anjumanida.

Keyin Karlsen nima sababdan baribir Tata Steel turnirida qatnashmaslikka qaror qilganini tushuntirdi:

— Men bormaslikka qaror qilganimning sababi shundaki, o‘g‘lim tug‘ilgandan keyin bir necha hafta davom etgan kuchli charchoqdan so‘ng shunday xulosaga keldim: agar imkon bo‘lsa, men uch hafta davom etadigan klassik turnirlarga vaqt sarflab yurmoqchi emasman, yaxshisi biroz tanaffus qilaman.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting