Shaxmat. Navoiyda Oliy liga 2025 bo'lib o'tadi, mukofot jamg'armasi oltmish olti ming dollar
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
19–27 aprel kunlari Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanidagi Xalqaro shaxmat maktabida erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining oliy ligasi bo‘lib o‘tadi.
Unda yurtimizning eng kuchli 16 ta erkak va 16 ta ayol shaxmatchilari g’oliblik uchun kurash olib borishadi.
Mukofot jamg‘armasi – 66 000 AQSh dollarini tashkil qiladi.
Ishtirokchilar tarkibi 2024-yilgi Oliy liganing TOP-6 shaxmatchilari, 2025-yilgi I liganing 1–4 o‘rin egalari hamda FIDE reytingi yuqori bo‘lgan va Tashkiliy qo‘mita tomonidan tanlab olingan sportchilardan iborat.
Ibrohim Jalolov
Redaktor