locale OZ

Shaxmat. Mukofot jamg’armasi 75000 dollar bo’lgan Tashkent Open turniri yakunlandi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shaxmat. Mukofot jamg’armasi 75000 dollar bo’lgan Tashkent Open turniri yakunlandi
PHOTO: Telegram

Poytaxtimizda o‘zbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy Agzamov xotirasiga bag‘ishlangan Tashkent Open xalqaro turniri bo’lib o’tdi.

Sovrin jamg’armasi 75000 dollarni tashkil etadigan ushbu turnirda ishtirokchilar A va B guruhlariga bo’lingan holda o’zaro aqlan kuch sinashishdi. Nihal Sarin A guruhida chempionliki qo’lga kiritdi. Muhammadsolih Rahmatullayev esa B guruhida tengsizligini isbotlab, g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Hamyurtlarimizdan Shamsiddin Vohidov kuchli beshlikdan o’rin olib, 3000 AQSH dollarini o’ziniki qilgan bo’lsa, Humoyun Begmurodov 9-o’rinni qo’lga kiritib, 1000 AQSH dollari bilan taqdirlandi. Bahrillayev Bahrom esa 6 ochko to’plagan holda, xalqaro toifadagi sport ustasi unvonining barcha talablarini bajardi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting