Shaxmat. Muhammadzohid Suyarov jahon kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritdi!
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
Muhammadzohid Suyarov Qozog'istonning Olmaota shahrida o'tkazilgan FIDE 3.4 mintaqaviy Osiyo chempionatida erkaklar o‘rtasida yuqori natijani qayd etib, 2025-yil Hindistonda o’tkaziladigan FIDE jahon kubogiga yo’llanmani qo’lga kiritdi!
Eslatib o'tamiz Olmaota shahrida bo'lib o'tgan turnirda yana bir shaxmatchimiz Afruza Hamdamova Gruziyaning Batumi shahrida bo‘lib o‘tadigan FIDE jahon kubogi musobaqasiga yo‘llanmani qo'lga kiritgan edi.
Bo'lajak bahslarda hamyurtlarimiz Muhammadzohid Suyarov hamda Afruza Hamdamovaga jahon kubogida omad tilab qolamiz.
Ibrohim Jalolov
Redaktor