Shaxmat. Muhammadzohid Suyarov — Grenke Chess Open 2026 chempioni
U musobaqani mag‘lubiyatsiz yakunlab, 9 turdan 8 ochko jamg‘ardi va 20 000 yevro mukofot sovrindoriga aylandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Chess Uzbekistan
Yurtdoshimiz GM Muhammadzohid Suyarov Germaniyada bo‘lib o‘tgan nufuzli Grenke Chess Open 2026 doirasida 3500 dan ziyod ishtirokchi qatnashgan festivalning klassik yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
U musobaqani mag‘lubiyatsiz yakunlab, 9 turdan 8 ochko jamg‘ardi va 20 000 yevro mukofot sovrindoriga aylandi.
Bu yil Muhammadzohid uchun chindan omadli kelmoqda — u barqaror o‘yinlari bilan yirik turnirlarda ketma-ket yuqori natijalarni qayd etmoqda.
Ibrohim Jalolov
Redaktor