Shaxmat. Karuana: Bunday rejalashtirish – shunchaki telbalik
Amerikalik grossmeyster Fabiano Karuana Grand Chess Tour (GCT) va Esports World Cup o‘rtasida yuzaga kelgan sanalar to‘qnashuvi haqida fikr bildirdi.
“Albatta, yirik turnirlar ustma-ust tushishi — bu yomon. Ba’zi hollarda tanlov aniq bo‘ladi. Masalan, agar Jahon chempionligi bahsi GCT bosqichi bilan bir vaqtda o‘tsa, albatta, chempionlik o‘yinini tanlaysiz.”
Ammo bu yerda vaziyat boshqacha. Ko‘plab o‘yinchilarning jamoalar bilan shartnomalari bor, ayrimlari esa GCT bilan shartnoma asosida o‘ynaydi.
“Menda Grand Chess Tour bilan kontrakt bor. Men yil boshida taklifni qabul qilganman. GCT sanalarni oldindan e’lon qiladi va o‘n yildan beri barqaror jadval asosida ishlaydi.”
Karuana ta’kidlashicha, ko‘pchilik top-shaxmatchilar har yili GCTda qatnashadi:
“Men o‘n yildan beri har yili ishtirok etaman. Maksim, Alireza, Levon — o‘tgan tur natijalariga ko‘ra saralanganmiz. Agar Magnus GCTda o‘ynaganida, ehtimol bu vaziyat umuman yuz bermas edi.”
Karuana Esports World Cup tashkilotchilarini bevosita tanqid qildi:
“GCT hech qanday xato qilmagan. Sanalar oldindan e’lon qilingan, o‘yinchilar taklifni qabul qilgan. Keyin esa boshqa turnir aynan shu sanalarga qo‘yildi. Bu — shartnoma majburiyatlarini buzish.Agar xato qilgan bo‘lsa, sanalarni ko‘chirish ham ularning vazifasi.”
Karuana vaziyatni Jahon chempionligi bahsiga tenglashtirdi:
“Bu deyarli Jahon chempionligi o‘yini vaqtiga turnir qo‘yish bilan barobar. Balki undan ham yomonroq. Chunki chempionlik bahsida ikki o‘yinchi qatnashadi, bu yerda esa to‘qqiz yoki o‘n nafar o‘yinchi chetda qoladi.Rostini aytsam, nima qilyapsizlar o‘zi? Bunday rejalashtirish — shunchaki telbalik. Agar Esports World Cup o‘yinchilarni saqlab qolmoqchi bo‘lsa, sanalarni ko‘chirsin. Aks holda, o‘zlari biladi”