Shaxmat. Jahon Chempionati ishtirokchilari tantanali kutib olindi
14–21-aprel kunlari Serbiyaning Vrniachka-Banya shahrida o’tkazilgan 8–18 yosh toifalari o‘rtasida rapid va blits yo‘nalishlarida yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan yurtdoshlarimiz Toshkentga yetib keldi.
40 davlatdan 400 dan ortiq yosh shaxmatchilar qatnashgan Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi munosib ishtirok etdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, jamoamiz 1 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, xalqaro maydonda munosib natija qayd etdi.
Sovrindorlarimiz:
— Afruza Hamdamova (rapid – oltin, blits – kumush)
— Xumoyun Begmuratov (blits – kumush)
— Islombek Xusanov (rapid va blits – bronza)
— Xusnoraxon Xusnitdinova (blits – bronza)
— Farzonabonu Bozorova (blits – kumush)
Terma jamoa a’zolarini, ularning ota-onalari hamda murabbiylarini chin dildan tabriklaymiz. Bu natijalar yanada katta g‘alabalarning boshlanishi!