locale OZ

Shaxmat. Hindiston davlatining Goa shahrida shaxmat bo‘yicha FIDE jahon kubogining finalchilari ma’lum bo‘ldi

Endilikda, Nodirbek Yaqubboyev va Andrey Yesipenko shaxmat taxtasi oldida uchinchi o‘rin uchun ro‘para kelishadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shaxmat. Hindiston davlatining Goa shahrida shaxmat bo‘yicha FIDE jahon kubogining finalchilari ma’lum bo‘ldi
photo: worldcup2025

Hindiston davlatining Goa shahrida shaxmat bo‘yicha FIDE jahon kubogining finalchilari ma’lum bo‘ldi.

Xabaringiz bor, yarim finalning ikki juftligida ham tay-breykka murojaat qilingan edi. Ushbu qarama-qarshiliklar natijasiga ko‘ra, Javohir Sindorov (O‘zbekiston) va Yi Vey (Xitoy) final chiptasini naqd qilishdi. Buning barobarida, ular 2026 yili shaxmat toji uchun bo‘lib o‘tadigan nomzodlar turnirida qatnashish huquqiga ega bo‘lishdi.

Javohir Sindorov (O‘zbekiston) - Nodirbek Yaqubboyev (O‘zbekiston) – 1½ - ½.
Andrey Yesipenko (Rossiya) - Yi Vey (Xitoy) – ½ - 1½.

Endilikda, Nodirbek Yaqubboyev va Andrey Yesipenko shaxmat taxtasi oldida uchinchi o‘rin uchun ro‘para kelishadi. Aynan, omadli “aql gimnastikasi” sohibi shaxmat toji uchun nomzodlar turnirining ishtirokchisiga ham aylanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting