locale OZ

Shaxmat. Gulruhbegim Tohirjonova Ispaniyadagi turnirda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi

Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shaxmat. Gulruhbegim Tohirjonova Ispaniyadagi turnirda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi
Фото: Chess Uzbekistan

Gulruhbegim Tohirjonova “Granada Chess Open 2026” turnirida ayollar o‘rtasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Joriy yilning 28 iyul – 2 avgust kunlari Ispaniyaning Granada shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli “Granada Chess Open 2026” xalqaro turnirida dunyoning 48 davlatidan 353 nafar shaxmatchi ishtirok etdi.

O‘zbekiston sharafini himoya qilgan xalqaro sport ustasi Gulruhbegim Tohirjonova 9 tur yakuniga ko‘ra 6 ochko jamg‘arib, ayollar o‘rtasida eng yaxshi natijani qayd etdi va 1-o‘rinni egalladi. Shuningdek, musobaqa davomida xalqaro reytingini 9,1 punktga oshirishga muvaffaq bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting