locale OZ

Shaxmat. Georgiy Agzamov xotirasiga bag‘ishlangan 19-xalqaro turnir yakunlandi

Toshkent yana bir bor yirik shaxmat markaziga aylandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shaxmat. Georgiy Agzamov xotirasiga bag‘ishlangan 19-xalqaro turnir yakunlandi
photo: Chess Uzbekistan

Toshkent yana bir bor yirik shaxmat markaziga aylandi.
16–27-mart kunlari davom etgan xalqaro turnirda dunyoning kuchli shaxmatchilari bir doskada jam bo‘lib, keskin va murosasiz bahslar olib bordilar.

Open-A yo‘nalishi g‘oliblari:
1-o'rin. Haik Martirosyan — 10 000$
2-o'rin. Artem Uskov — 7 500$
3-o'rin. Abdimalik Abdisalimov — 6 000$

Open-B yo‘nalishi g‘oliblari:
1-o'rin. Chyngyz Sultai — 3 000$
2-o'rin. Umar Isomov — 2 500$
3-o'rin. Sardorbek Saidov — 2 000$

G‘oliblar ro‘yxatini to‘liq bu yerda ko‘rishingiz mumkin (https://telegra.ph/Asosiy-mukofot-Open-A-03-27-2)

1-o‘rin armanistonlik grossmeyster 🇦🇲Haik Martirosyanga nasib etgan bo‘lsa-da, turnir o‘zbekistonlik shaxmatchilar uchun ham nihoyatda muvaffaqiyatli o‘tdi.

Tarixiy natija!
16 yoshli Muhammadzohid Suyarov ushbu turnirda grossmeyster normasini bajarib, 2500 reyting marrasini zabt etdi va rasman O‘zbekistonning 31-grossmeysteriga aylandi. Ushbu yutuq aynan mamlakatimizning ilk grossmeysteri Georgiy Agzamov xotirasiga bag‘ishlangan turnirda qo‘lga kiritilgani esa alohida ramziy ahamiyatga ega.

Yorqin o‘yinlar va kuchli natijalar:
— Sevimli strimerlarimizdan IM Ulug‘bek Tillayev ajoyib o‘yin ko‘rsatib, +46.5 reyting qo‘shdi
— IM Bahrom Bahrillayev, GM Ortiq Nigmatov va IM Humoyun Begmuratov ham yuqori darajadagi bahslar bilan ajralib turishdi
— GM Abdimalik Abdisalimov esa turnir so‘ngigacha chempionlik uchun kurash olib bordi va so‘nggi turda Suyarov bilan durang o‘ynab, 3-o‘rinni egalladi

Shuningdek, yuqori natija qayd etgan shaxmatchilarga Uzchess Premium obunalari sovg‘a qilindi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting