locale OZ

Shaxmat. Esports World Cup 2026: Saralash musobaqasi qanday tartibda o‘tkaziladi?

. Guruh bosqichi (Shveysarcha tizim): Ishtirokchilar 4 ta guruhga (A, B, C, D) bo‘lingan holda 7 ta tur davomida bahslashishadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shaxmat. Esports World Cup 2026: Saralash musobaqasi qanday tartibda o‘tkaziladi?
photo: Chess Uzbekistan

Esports World Cup 2026: Saralash musobaqasi qanday tartibda o‘tkaziladi?

1. Guruh bosqichi (Shveysarcha tizim): Ishtirokchilar 4 ta guruhga (A, B, C, D) bo‘lingan holda 7 ta tur davomida bahslashishadi. Har bir partiyada shaxmatchilarga 10 daqiqadan vaqt beriladi. Yakunda har bir guruhdan eng ko‘p ochko jamg‘argan 4 nafar shaxmatchi pley-offga chiqadi. Bunda 1-o‘rin egalari g‘oliblar yo'lagiga, 2-o‘rin egalari esa mag‘lublar yo'lagiga joylashadi.

2. Saralash pley-offi (Nokaut bosqichi): Guruhlardan saralangan 16 nafar kuchli shaxmatchi o'rtasida o'tkaziladi. Bir marta mag‘lub bo‘lgan shaxmatchi musobaqadan chiqib ketmaydi, balki quyi yo'lakda o‘z yurishini davom ettirishi mumkin. Pley-off yakunida eng kuchli 4 nafar shaxmatchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri EWC Chess Finals Play-In bosqichiga yo‘l oladi. 5 va 6-o‘rinni egallaganlar o‘rtasidagi qo‘shimcha uchrashuv esa so‘nggi, 5-yo‘llanma sohibini aniqlab beradi.

3. Play-In bosqichi: Play-In bosqichida jami 8 nafar shaxmatchi (5 nafari Last Chance Qualifier saralashidan hamda 3 nafari DreamHack Atlanta turniridan) dona suradi. Ular 10+0 vaqt nazoratida o'yin o‘tkazishadi. Play-In bosqichining eng kuchli 2 nafar shaxmatchisi Esports World Cup turnirining 16 kishilik asosiy guruh bosqichiga rasman yo‘l oladi!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting