locale OZ

Shaxmat elitasida yana bir o‘zbek! Nodirbek Abdusattorov Esports World Cup 2025’da ishtirok etadi

Nodirbek Abdusattorov — Esports World Cup 2025 ishtirokchilari qatorida
Boshqa sport turlari
Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Rasm: Gazeta.uz

1,5 million dollarlik turnirda ishtirok etadigan 12 super grossmeyster nomi e’lon qilindi – Nodirbek Abdusattorov ham ular orasida. Shaxmat olamining eng nufuzli musobaqalaridan biri sanalgan Esports World Cup 2025 turnirida ishtirok etadigan dastlabki 12 nafar super grossmeyster nomi ma’lum qilindi. Quvonarlisi, ular orasida yurtdoshimiz Nodirbek Abdusattorov ham bor. U mazkur yo‘llanmani Chess.com Classic turnirida to‘plagan ochkolari hisobiga qo‘lga kiritdi.

Musobaqa joriy yilning 29 iyul – 1 avgust kunlari Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadi. Turnirning sovrin jamg‘armasi — 1,5 million dollar.

Ar-Riyodda qatnashadigan 12 nafar elit shaxmatchi:
Magnus Karlsen
Hikaru Nakamura
Yan Nepomnyashiy
Yan-Kshishtof Duda
Arjun Erigaishi
Alireza Firuzha
Nodirbek Abdusattorov
Fabiano Karuana
Vladislav Artemyev
Vey Yi
Maksim Vashye-Lagrav
Vladimir Fedoseev

Shuningdek, 23–25 may kunlari Dallas shahrida bo‘lib o‘tadigan saralash musobaqasidan so‘ng, ro‘yxatga yana to‘rt nafar shaxmatchi qo‘shilishi kutilmoqda.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting