Shaxmat. Bugun Samarqandda FIDE Grand Swiss turniri boshlanadi
Samarqand shahri 4–16 sentyabr kunlari yana shaxmat markaziga aylanadi: 11 turlik shveytsarcha tizimdagi FIDE Grand Swiss va FIDE Women’s Grand Swiss musobaqalari bo‘lib o‘tadi.
Turnirda jami 172 nafar shaxmatchi ishtirok etadi (Open: 116, Women: 56). G‘olib va ikkinchi o‘rin sohiblari 2026-yilgi Nomzodlar turniriga yo‘llanma oladi.
Turnirning sovrin jamg‘armasi: $855,000 (Open — $625,000; Women — $230,000).
Erkaklar o‘rtasidagi musobaqada O‘zbekistonning 9 nafar, ayollar o‘rtasidagi turnirda esa 5 nafar vakili qatnashadi.
FIDE Grand Swiss 2025 — 1-raund juftliklar (O‘zbekiston vakillari)
1-raund starti: 4-sentyabr, 15:00
Erkaklar (Open):
Nodirbek Abdusattorov — Velimir Ivich (Serbiya)
Javohir Sindarov — Aram Akobyan (Armaniston)
Nodirbek Yakubboev — Abhimanyu Mishra (AQSH)
Muhiddin Madaminov — Daniil Yuffa (Ispaniya)
Jahongir Vohidov — Nikolas Teodoru (Gretsiya)
Abdimalik Abdusalimov — Maksim Rodshteyn (Isroil)
Ortiq Nighmatov — Shamsiddin Vohidov
Muhammadzohid Suyarov — Frederik Svane (Germaniya)
Ayollar (Women’s):
Gulruhbegim Tohirjonova — Rameshbabu Vaishali (Hindiston)
Guldona Karimova — Song Yusin (Xitoy)
Afruza Hamdamova — Mariya Manko (Shveytsariya)
Umida Omonova — Oliviya Kiolbasa (Polsha)
Madina Bonu Khalilova — Antoaneta Stefanova (Bolgariya)